Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekzit poll: To‘qayev yetakchi, muxolif ham yaxshigina ovoz oldi

Ekzit poll: To‘qayev yetakchi, muxolif ham yaxshigina ovoz oldi

Foto: «Zakon.kz»

Qozog‘iston OAVlarida prezidentlik saylovlari dastlabki ekzit-poli paydo bo‘ldi.

Natijalar Qosim-Jo‘mart To‘qayevning g‘alabasini ko‘rsatmoqda. U 70,3 foiz ovoz olgan. Muxolif Amirjan Kosanovda 15,39 foiz ovoz bo‘ldi. Qolganlarning natijalari 5 foiz va undan pastdir.

Eslatib o‘tamiz, mamlakat rahbari Qosim Jo‘mart To‘qayev 9 aprel kuni 9 iyun sanasida saylovlar bo‘lib o‘tishini belgilagan edi.

Saylovlarda yetti nafar nomzod: «Nur otan» partiyasidan To‘qayev, «Uli dala qirandari» uyushmasidan Sadibek Tugel, Kasaba uyushmalaridan Amangeldi Taspixov, «Ak jol» partiyasidan Daniya Yespayeva, Kommunistlar partiyasidan Jambil Axmatbekov, va «Ult tag‘diri» harakatidan Amirjan Kosanov qatnashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring