Emine Erdo‘g‘on Melaniya Trampga maktub yo‘lladi

Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Trampga maktub yo‘llab, uni G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozga Ukrainadagi mojarodagi kabi sezgir bo‘lishga chaqirdi.
Avvalroq AQShning birinchi xonimi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «tinchlik maktubi» yozib, butun dunyo bo‘ylab bolalar va kelajak avlodni himoya qilish «vaqti kelganini» aytgan edi. Melaniya Tramp xatida Ukrainadagi bolalarni nazarda tutgan.
Emine Erdo‘g‘on o‘z maktubida Melaniya Trampga samimiy hurmatini bildirib, u bilan Vashingtondagi Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi samimiy suhbat va iliq qabul oradan olti yil o‘tgan bo‘lsa-da, xotirasidan o‘chmaganini tilga oladi. Shuningdek, u Melani Trampning Putinga yaqinda yozgan maktubi AQSh birinchi xonimining hozirgi global voqealarga sezgirligini ko‘rsatishini ta’kidlagan.
Nafaqat Ukraina, balki Falastin bolalari ham quvonch, erkinlik va munosib kelajakka loyiqdir, deyiladi jumladan Emine Erdo‘g‘onning maktubida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter