Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning rafiqasi – Melaniya haqidagi film ekranlarga chiqdi

Trampning rafiqasi – Melaniya haqidagi film ekranlarga chiqdi

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp haqida suratga olingan hujjatli film kinoteatrlarda namoyish etildi.

Qariyb 36 million dollar miqdoridagi reklama budjetiga qaramay, Gollivud ekspertlari uni katta moliyaviy muvaffaqiyatsizlik kutayotganini aytgan, hatto kino sohasida «yilning eng omadsizi» deya baholashgan edi.

104 daqiqa davom etadigan «Melaniya» hujjatli filmida 2025 yil yanvar oyida Donald Trampning ikkinchi marta prezident sifatida inauguratsiya qilinishi oldidan o‘tgan 20 kun aks ettirilgan. Film birinchi xonim va uning turmush o‘rtog‘i o‘rtasidagi munosabatlarga yaqin, shaxsiy nigoh sifatida taqdim etilmoqda.

Donald Tramp filmni faol tarzda targ‘ib qilmoqda. U avvalroq, Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida «bu filmni albatta ko‘rish kerak»ligi va «chiptalar juda tez sotilib ketayotgan»i haqida yozgandi.

30-yanvardagi film taqdimotidan so‘ng esa Tramp «Melaniya» filmini ikkinchi marta ham ko‘rganini va unga yoqqanini yozdi.

«Unga baho bering – albatta ko‘ring!» – deb yozgan u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring