Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng xavfli terrorchilardan biri qatl etildi — Misr

Eng xavfli terrorchilardan biri qatl etildi — Misr

Foto: «Facebook»

Misrda eng xavfli terrorchilardan sanalgan Hisham Ashmaviy qatl etildi. Ushbu xabarni Misr qurolli kuchlari rasmiy vakili polkovnik Tamer Rifai, bugun, 4-mart kuni «Facebook» orqali ma’lum qildi.

Hukm qamoqxonalardan birida tongda ijro etilgan.

Harbiy tribunal Ashmaviy va uning 36 nafar sherigiga 2-mart kuni o‘lim jazosi belgilagan edi.

Jangari guruh rahbari Hisham Ashmaviy va yana 200 kishi ko‘plab jinoyatlar va teraktlarga aloqador «Ansor Bayt al-Maqdis» (IShIDga qo‘shilganidan so‘ng nomi «Sinay viloyati»ga o‘zgargan) ekstremistik tarmog‘i ishi doirasida ayblangandi.

Sobiq harbiy bo‘lgan Hisham Ashmaviy keyinchalik terrorchilar safiga qo‘shilib ketgan. U va sheriklari 54 ta jinoyatda ayblandi: politsiyachilarni o‘ldirishgan, Qohira xavfsizlik boshqarmasi binosini portlatishgan, masjid va boshqa binolarni portlatishgan, talonchilik bilan shug‘ullanishgan.

Ular, shuningdek, Misr sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad Ibrohimga suiqasd uyushtirishga urinib ko‘rishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring