Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Er-xotin 11 nafar farzandiga ism qo‘yishda atigi to‘rtta harfdan foydalanishgan (video)

Er-xotin 11 nafar farzandiga ism qo‘yishda atigi to‘rtta harfdan foydalanishgan (video)

Foto: «Oddity Central»

Belgiyalik ota-ona o‘z bolalariga ism qo‘yishda atigi to‘rtta harfni ishlatishgan: L, E, A va X, deb yozadi Oddity Central portali.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gvenni Blankert va uning eri Marino Vanenoning yetti qizi va to‘rt o‘g‘li bor. Ular to‘ng‘ichlarini Aleks va Aksel deb atashgan. Shundan so‘ng ular kelajakdagi tug‘ilajak chaqaloqlariga faqat shu harflardan foydalangan holda ism qo‘yishga qaror qilishgan.

«Biz Aleks ismi yoqib qoldi, keyin esa ikkinchi o‘g‘limizni Aksel deb atadik. Shundan keyingina ikkala o‘g‘limizga ham qo‘ygan ismlarda faqat bir xil harflar ishlatilganini payqab qolganmiz. Shu bois bu usulni o‘zgartirmaslikka qaror qildik», — deya tan oldi «qahramon» ona.

Natijada bolalarga  Alex, Axel, Xela, Lexa, Xael, Xeal, Exla, Xale, Elax, Alxe deya ismlar qo‘yildi. Marino harflarning yangi kombinatsiyasini topish qiyin kechmaganini, lekin bolalarning o‘qituvchilariga qiyin bo‘lganligini tan oldi. Chunki ularning beshtasi bitta maktabda o‘qishadi. Ko‘p o‘tmay Gvenni va uning turmush o‘rtog‘i 12-marta ota-ona degan nomga musharraf bo‘lishadi. Ular tug‘ilajak chaqaloqqa ism qo‘yish uchun allaqachon 13 ta nom topib qo‘yishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring