Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalarning so‘zlashish qobiliyatini yaxshilashning to‘g‘ri yo‘li topildi

Bolalarning so‘zlashish qobiliyatini yaxshilashning to‘g‘ri yo‘li topildi

Foto: Freepik

Xitoylik mutaxassislar ota-onalari bilan birga kitob o‘qiygan maktabgacha yoshdagi bolalarda til va ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalar yaxshiroq rivojlanishini aniqlashdi. Bu haqda Computers in Human Behavior jurnali yozmoqda.

Tadqiqotda Lanchjou shahridagi bog‘chalarning uch yoshdan olti yoshgacha 202 nafar tarbiyalanuvchisi va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Bolalar qancha vaqtini ekran qarshisida o‘tkazishi, ota-onasi bilan kitob o‘qishi yoki ular bilan birga o‘ynashi qayd etib borildi.

«Ekran orqali ma’rifiy va ko‘ngilochar kontent, shuningdek, mustaqil va birgalikda tomosha qilishga mo‘ljallangan dasturlar namoyish etildi. Bolalarning rivojlanish darajasi til ko‘nikmalari, his-tuyg‘ular va ijtimoiy me’yorlarni tushunish bo‘yicha standartlashtirilgan testlar yordamida baholandi», — deb yozdi nashr.

Tadqiqot yakuniga ko‘ra, ota-onalari bilan ko‘proq kitob o‘qigan bolalarda til rivojlanishi va ijtimoiy ko‘nikmalarning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi. Ekran qarshisida ko‘p o‘tirgan bolalarda bu ko‘rsatkichlar pastligi kuzatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring