Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevropa Ukraina va Rossiya uchun «bufer zona» taklif qilyapti

Yevropa Ukraina va Rossiya uchun «bufer zona» taklif qilyapti

Yevropa diplomatlari Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini jonlantirish maqsadida yangi tashabbus ustida ishlamoqda. Politico nashrining yozishicha, ushbu tashabbusga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv xavfini kamaytirish uchun maxsus «bufer zona» tashkil etilishi mumkin.

Mazkur taklif AQShning ishtirokisiz ishlab chiqilmoqda. Yevropa rahbarlari Ukrainadagi urush Yevropaga katta xavf tug‘dirayotganini hisobga olib, mustaqil tashabbus ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Bunda Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi muayyan hududda harbiy harakatlar va qurol-yaroqlar joylashtirilishi taqiqlanadi. Mazkur mintaqa ikki tomon armiyalari o‘rtasida «himoyaviy masofa» vazifasini bajaradi. Yevropa diplomatlari bunday chora orqali tinchlik muzokaralariga yo‘l ochilishiga umid qilmoqda.

Ukraina hukumati hozircha bunday rejaga ochiq munosabat bildirmadi. Kiyevda asosiy talab shu – Rossiya bosib olgan hududlardan chiqishi lozim. Ukraina jamoatchiligi ham bufer zona g‘oyasini ehtiyotkorlik bilan qabul qilmoqda, chunki u Rossiyaning mavqeini mustahkamlab qo‘yishi mumkin.

Rossiya esa Yevropa tashabbusini rasman qo‘llab-quvvatlamagan. Kreml tomonidan hozircha aniq reaksiya bo‘lmadi, ammo tahlilchilarga ko‘ra, Moskva bunday bufer zonani o‘z shartlarini tiqishtirish vositasi sifatida qo‘llashi mumkin.

Yevropa davlatlari Ukrainadagi urushning uzoq davom etishi qit’a xavfsizligi uchun jiddiy tahdid ekanini anglab turibdi. Shu bois AQShga qarab turmasdan, mustaqil siyosiy yo‘l tanlashga intilayapti.

Manba: politico.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring