Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘azo bo‘yicha 15 banddan iborat Tramp rejasi e’lon qilindi

G‘azo bo‘yicha 15 banddan iborat Tramp rejasi e’lon qilindi

BMT Xavfsizlik kengashidagi muhokamalar ortidan G‘azo bo‘yicha taklif etilayotgan 15 banddan iborat «Trampning kompleks tinchlik rejasi» tafsilotlari oshkor qilindi. Hujjatda G‘azoni urush va gumanitar inqirozdan chiqarish, hududni qayta tiklash va falastinliklar o‘zini o‘zi boshqarishiga o‘tish nazarda tutilgan

Rejaga ko‘ra, G‘azoda qurolli guruhlarning boshqaruvi tugatilib, xavfsizlik va boshqaruv yagona fuqarolik tizimi ostiga o‘tkaziladi. Hujjatda «bitta hokimiyat, bitta qonun, bitta qurol» tamoyili asos qilib olingan.

Shuningdek, HAMASning davlat boshqaruvidagi roli cheklanishi, qurollarni bosqichma-bosqich Falastinning fuqarolik organlariga topshirish va politsiya tizimini qayta shakllantirish taklif etilmoqda.

Rejada Isroil qo‘shinlarini G‘azodan bosqichma-bosqich olib chiqish ham ko‘zda tutilgan. Bu jarayon qurolsizlantirish bosqichlari xalqaro nazorat asosida amalga oshirilishi bilan bog‘langan.

Hujjatda G‘azoda vaqtinchalik xalqaro barqarorlashtiruvchi kuchlarni joylashtirish, gumanitar operatsiyalarni himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlash masalalari ham aks etgan.

Rejaning yakuniy qismi G‘azoni keng ko‘lamda qayta tiklashga bag‘ishlangan. Unda uy-joylar, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmani qayta qurish barqarorlik va fuqarolik boshqaruvi to‘liq yo‘lga qo‘yilganidan keyin boshlanishi qayd etilgan.

Rejaning asosiy bandlari quyidagilardan iborat:

  1. G‘azoni doimiy urush va gumanitar inqirozdan chiqarish, falastinliklar o‘zini o‘zi boshqarishiga o‘tish.
  2. Ilgaridan qabul qilingan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlarini to‘liq bajarish.
  3. Barcha bosqichlarni xalqaro tekshiruv va o‘zaro majburiyatlar asosida amalga oshirish.
  4. G‘azoni boshqarish uchun vaqtinchalik Falastin fuqarolik ma’muriyatini shakllantirish.
  5. HAMASning boshqaruvdagi rolini tugatish, ammo oddiy davlat xizmatchilarini saqlab qolish.
  6. «Bitta hokimiyat, bitta qonun, bitta qurol» tamoyilini joriy etish.
  7. Politsiya tizimini isloh qilish va xavfsizlik vakuumidan qochish.
  8. Qurollarni bosqichma-bosqich palestin fuqarolik organlariga topshirish.
  9. Shaxsiy qurollarni litsenziyalash va nazoratni yagona tizimga o‘tkazish.
  10. Xavfsizlik kafolatlarisiz aholidan qurol topshirish talab qilinmasligi.
  11. Falastinliklar o‘rtasida ichki qasos va qurolli to‘qnashuvlarni taqiqlash.
  12. G‘azoda vaqtinchalik xalqaro barqarorlashtiruvchi kuchlarni joylashtirish.
  13. Isroil qo‘shinlarini bosqichma-bosqich G‘azodan olib chiqish.
  14. Xavfsiz hududlarda boshqaruv va xavfsizlikni palestin ma’muriyatiga topshirish.
  15. Barqarorlik o‘rnatilganidan keyin G‘azoni keng ko‘lamda qayta qurish — uylar, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmani tiklash.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring