Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask birinchi trillioner bo‘lishi mumkin

Ilon Mask birinchi trillioner bo‘lishi mumkin

Foto: Nairametrics.com

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask o‘z boyligini 1 trln dollardan ko‘proqqa oshirishi mumkin kompaniya unga tarixdagi eng qimmat bitimni taklif qildi. Maskning hozirgi boyligi $428 mlrdga baholanmoqda, yangi aksiyalar va bonuslar evaziga uning boyligiga yana taxminan $900 mlrd qo‘shishi mumkin.

Tesla direktorlar kengashi Maskni kamida 2030-yilgacha bosh direktor lavozimida ushlab turishni rejalashtirgan. Misli ko‘rilmagan miqdordagi boylikni olish uchun u kompaniyaning bir qator ulkan maqsadlarini amalga oshirishi kerak. Jumladan, 10 yil ichida kompaniya kapital qiymatini 1,1 dollardan 8,5 trillion dollargacha oshirish, 2035-yilgacha 20 millionta elektromobil sotish, bir milliontadan robotaksi va Optimus robotlarini ishlab chiqarish.

«Ilon Maskni ushlab turish va rag‘batlantirish Tesla uchun juda muhim», dedi kompaniya direktorlar kengashi raisi Robin Denholm.

Noyabr oyida aksiyadorlar bahs-munozaralarga sabab bo‘layotgan ushbu kelishuv uchun ovoz berishadi investorlarning bir qismi uni amalga oshirib bo‘lmaydi deb hisoblaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring