Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada saylov: Siz nimani bilishingiz kerak?

Indoneziyada saylov: Siz nimani bilishingiz kerak?

Foto: «Google.com»


Indoneziyaliklar dunyodagi eng uzoq, ketma-ket 6 oy davom etgan saylov kompaniyalarini kuzatishdi va nihoyat chorshanba kuni yangi parlament va prezidentni saylashdi.

Kichkina shahar hokimi sifatida siyosiy faoliyatini boshlagan eski mebel ishlab chiqaruvchisi Joko Vidodo va 2014-yilda ozgina farq bilan mag‘lubiyatga uchragan sobiq general Prabovo Subianto o‘rtasida keskin kurash ketdi.

Avvaliga saylovoldi jarayonida iqtisodiy masalalar ustunlik qilayotgan edi, lekin keyinchalik konservativ islomning ta’siri kuchayib ketdi. Siyosatchilar, shu jumladan, qayta saylanish uchun kurashayotgan Vidodo ko‘proq islomning ahamiyatini kuchaytirishga intildi. Sarmoyadorlar uchun tashvishlanadigan narsa shundaki, konservativlar ovozi jamiyat siyosatiga aylandi.

Ko‘pchilikning fikricha, Vidododa imkoniyat ikki karra ko‘proq edi, shunga qaramay ma’lum muddat so‘rov natijalari shubha ostida qoldi. Chunki so‘nggi paytlarda olib borilgan so‘rovlar Prabovo g‘olib bo‘lishini ko‘rsatayotgandi.

Indoneziyadagi saylov raqamlarda:

Saylov dunyodagi eng katta uchinchi demokratik saylov sifatida e’tirof etildi chunki unda 245 ming nomzod sakkiz soat davomida kurash olib bordi.

Saylovchilar prezident, vitse-prezident, milliy va mintaqaviy qonun chiqaruvchi nomzodlar uchun beshta qog‘oz varaqasini topshirishlari kerak bo‘lardi, bularning barchasi ochiq va oshkora tarzda o‘tkazildi.

«Fotosuratli saylov byulletenlari juda chalkash edi. Byulletenlarda men tanimaydigan ko‘p nomzodlar bor edi», — deydi Jakarta shahrida istiqomat qiladigan va birinchi marta saylovda ovoz bergan 19 yoshli Orlando Yudistira.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring