Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyadagi suv toshqini qurbonlari soni 63 nafarga yetdi

Indoneziyadagi suv toshqini qurbonlari soni 63 nafarga yetdi

Foto: «360tv.ru»

Indoneziyada ro‘y bergan tabiiy ofat natijasida qurbonlar soni oshib bormoqda.

Suv toshqini natijasida qurbonlar soni 42 dan 63 nafarga yetgan. Shu bilan birga mahalliy aholi orasidan o‘nlab kishi bedarak yo‘qolgani aytilmoqda. Qutqaruvchilar suv bosgan xududlarga yetib borishga urinyapti, ammo ularga yiqilgan daraxt va boshqa narsalar halal beryapti.

Suv toshqini Indoneziya sharqidagi Papua provinsiyasida kuchli kuzatilgan. Jayapura xududi esa katta zarar ko‘rgan.

Xududda kuchli yomg‘ir 16 mart sanasida boshlangan edi. Yomg‘ir keyinchalik suv toshqinini keltirib chiqardi. Hozirda 120 fuqaro uysiz qolgani aytilyapti. Ularni hukumat binosiga evakuatsiya qilishgan. Suv qaytishni boshladi, ammo hozircha qutqaruvchilar to‘liq kuch bilan ishlashi uchun yetarli darajada emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring