Janubiy Afrikadagi festivalda 150 kishini chaqmoq urdi
Janubiy Afrika Respublikasida festival payti chaqmoq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 150 kishi jarohatlandi. Bu haqda Shimoliy-G‘arbiy provinsiya sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi.
Baxtsiz hodisa Matibestad qishlog‘i yaqinidagi Di Trupa festivalida yuz bergan. Shifoxonaga 150 ga yaqin kishi keltirilgan, ularning aksariyati yengil kuyish jarohati olgan. Keltirilganlarning ikki nafari vafot etgan.
Jarohatlanganlarning 49 nafari shifoxonalarga yotqizilgan, og‘ir holatdagi 13 nafar bemor Gauteng provinsiyasidagi shifoxonaga yetkazilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter