Guanchjoudan Toshkentga uchayotgan samolyotni chaqmoq urdi
Centrum Air aviakompaniyasining C6511D/C6512D Guanchjoudan Toshkentga uchayotgan samolyotini chaqmoq urdi. Hodisa 16 may kuni yuz berib, reysning ikki kunga kechikishiga sabab bo‘lgan.
Chaqmoq urishidan so‘ng xavfsizlik talablari va amaldagi aviatsiya standartlariga muvofiq, havo kemasi har tomonlama texnik ko‘rikdan o‘tkazish, diagnostika va zarur tiklash ishlarini olib borish uchun zudlik bilan parvozlardan chetlashtirilgan. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, aviakompaniya ushbu yo‘nalishdagi havo kemasini almashtirishga qaror qilgan.
Majburiy kutish davrida reysning barcha yo‘lovchilari mehmonxonaga joylashtirilib, uch mahal ovqat bilan ta’minlangan.
Yangilangan jadvalga ko‘ra, reys 18 may 20:25ga ko‘chirilgan (Toshkentga yetib kelish — 00:50).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter