Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston: Jeenbekov siyosiy kuchlarni ehtiyotkorlikka chaqirdi

Qirg‘iziston: Jeenbekov siyosiy kuchlarni ehtiyotkorlikka chaqirdi

Foto:«AKIpress»

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Bishkekda boshlangan tartibsizliklarga munosabat bildirdi. Prezidentning matbuot kotibi Tolg‘onay Stamaliyeva OAVga davlat rahbarining so‘zlarini yetkazgan.

«Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov vaziyatni nazorat qilmoqda. U barcha siyosiy kuchlarni mamlakat manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yishga, jamiyatda bo‘linishlar va fuqarolarini xavotirga soladigan boshqa ishlarga yo‘l qo‘ymasligiga chaqirmoqda. Barcha harakatlar qonuniy yo‘l bilan amalga oshirilishi zarur», - degan Tolg‘onay Stamaliyeva. - Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda, davlat rahbari Markaziy saylov komissiyasiga qonun buzilishi bilan bog‘liq materiallarni, parlament saylovlari natijalarini bekor qilishgacha diqqat bilan o‘rganishni tavsiya qiladi».

Jeenbekov barcha siyosiy kuchlarni ehtiyotkorlikka chaqirgan. Tolg‘onay Stamaliyevaga ko‘ra, prezident hozir Bishkekda.

Eslatib o‘tamiz, 5 oktyabr kuni parlament saylovlari yakunlangach, Qirg‘izistonda namoyishlar boshlandi. Jumladan, muxoliflar sobiq prezident Almazbek Atambayev va sobiq bosh vazir Sapar Isakovni qamoqdan chiqarishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring