Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

The Hill: Jo Baydenning reytingi keskin pastlab bormoqda

The Hill: Jo Baydenning reytingi keskin pastlab bormoqda

The Hill tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, prezident Jo Baydenning reytingi pasayishda davom etmoqda.

So‘rovnoma USA Today va Suffolk universiteti tomonidan 3-5-noyabr kunlari o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, Baydenni ma’qullash reytingi avvalroq bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etgan bo‘lsa, endi bu natija 38 foizga tushib ketgan.

So‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, unda ishtirok etganlarning 46 foizi Bayden o‘z prezidentligida kutilganidan ham yomonroq ish ko‘rsatyapti, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, so‘rovnomada qatnashgan 64 foizi demokratlarning 28 foizi Baydenning 2024 yilda qayta saylanishini istamasligini aytgan.

Qayd etilishicha, AQSh prezidentini ijobiy reytingi bir necha haftadan beri pasayib bormoqda.

Shunday qilib, agar sentyabr oyida o‘tkazilgan so‘rovda Baydenning ma’qullash reytingi 48 foizga yetgan bo‘lsa, oktyabr oyi oxirida u allaqachon 43 foizni tashkil etgandi.

Yangi so‘rovnoma USA Today - Suffolk universiteti so‘rovi statsionar va mobil telefonlar orqali ro‘yxatga olingan 1000 nafar saylovchi o‘rtasida o‘tkazilgan. So‘rovnomadagi xatolar ko‘rsatgichi 3,1 foiz punktni tashkil qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring