Jumgalbek Shabdanbekov Qamchibek Tashiyevning o‘rnini egalladi
Jumgalbek Shabdanbekov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumgalbek Shabdanbekov nomzodi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlash uchun Jogorku Keneshga kelishish uchun kiritilmoqda.
Bungacha u Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari edi.
Avvalroq Qamchibek Tashiyev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter