Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kim Chen In Pxenyan shifoxonasidagi ahvoldan hayratga tushdi

Kim Chen In Pxenyan shifoxonasidagi ahvoldan hayratga tushdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan umumiy shifoxonasi qurilish maydonini ko‘zdan kechirdi va loyihaga mas’ul amaldorlarni keskin qoraladi, deb xabar beradi Koreya markaziy axborot agentligi

Shimoliy Koreya yetakchisi shifoxona qurilishi bir yarim yilga cho‘zilganidan noroziligini bildirdi. Kim Chen In “Vazirlar Mahkamasining ba’zi yetakchi amaldorlari va qo‘shma qurilish shtabining yuqori lavozimli xodimlarining ambitsiyalari tufayli ma’muriy-tashkiliy ishlarda tartibsizlik” yuz bergan. 

Rahbarning so‘zlariga ko‘ra, aybdor mansabdor shaxslar davlat moliyaviy intizomiga e’tibor bermagan va budjet tasdiqlanmasdan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini olib borishgan. Ularning xatti-harakatlari katta yo‘qotishlarga olib keldi va loyihaning bajarilishini kechiktirdi. Kim Chen In, shuningdek, amaldorlarni intizomsizlik va siyosiy yetuksizlikda aybladi. 

Shu bilan birga, Shimoliy Koreya rahbari bajarilgan ishlar sifatini yuqori baholadi. U, ayniqsa, shifoxonaning o‘ziga xos arxitektura uslubi va funksionalligini alohida qayd etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring