Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlarda xavfli kasallik aniqlandi

Koronavirusga chalinganlarda xavfli kasallik aniqlandi

Foto: «Bb.lv»

Hindistonning Gujarat shtati shifokorlari mog‘or zamburug‘lari chaqiruvchi noyob kasallik — mukoromikoz (qora mog‘or) tarqalishini qayd etishdi. Bu haqda India Today xabar bermoqda.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, mamlakatda 100 dan ortiq odam kasallikni yuqtirib olgan. Ikki kun avval nashr mukormikoz bilan kasallangan 40 ta holat haqida xabar bergandi: ularning sakkiztasi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi.

Gazetaning yozishicha, «qora mog‘or» boshqalardan ko‘ra koronavirus bilan kasallanganlar hamda COVID-19ni boshidan o‘tkazganlarga ko‘proq xavf soladi.

Hindiston hukumati kasallikka qarshi kurashish choralarini ko‘ra boshladi. Gujarat shtati bemorlarni davolash uchun besh ming in’yeksiyaga buyurtma bergan. Bundan tashqari, hukumat shtatning ayrim shifoxonalarida mukomikoz bilan kasallanganlar uchun maxsus bo‘limlarni tashkil etdi.

Mukormikoz teri qoplamasi va ichki a’zolar shikastlanishi bilan ajralib turadi. Bu esa o‘limga olib kelishi mumkin. PTI yangiliklar agentligining xabar berishicha, Hindistonning bir nechta fuqarosi qora mog‘or bilan kasallanganidan so‘ng vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring