Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokash qiroli jarrohlik stoliga yotqizildi

Marokash qiroli jarrohlik stoliga yotqizildi

Foto: «Africanrulers»

Marokash qiroli Muhammad VI ning yuragi operatsiya qilindi. Kecha bo‘lib o‘tgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan.

Mahalliy MAP agentligi xabar berishicha, qirol yurak urishi buzilishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi. Rabotdagi Palais Royal klinikasida bo‘lib o‘tgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli tugagan.

Muhammad VI 2018-yilning fevral oyida Parijda ham yuragini operatsiya qildirgan edi.

Ma’lumot uchun: Muhammad VI bin al-Hasan (1963-yilda tug‘ilgan) — 1999-yildan beri Marokash qiroli, mamlakat Qurolli kuchlari marshali va Oliy bosh qo‘mondoni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring