Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mask Oyga parvoz qachonligini ma’lum qildi

Mask Oyga parvoz qachonligini ma’lum qildi

Foto: «MSN.com»

«Crew Dragon» fazoviy kemasi butun insoniyatning yutug‘i, u bilan barcha faxrlanishi mumkin. «SpaceX» kompaniyasi rahbari Elon Mask Florida shtatining Kanaveral burnida joylashgan Kennedi nomidagi Kosmik parvozlar markazida bo‘lib o‘tgan brifingda shunday bayonot berdi.

«Bu kemani odamlar yasagan, u bilan butun insoniyat faxrlanishi mumkin», — dedi «SpaceX» rahbari.

Mask «Crew Dragon»ning ushbu parvozi «qalban tadqiqotchi» bo‘lgan barchani ilhomlantirishini aytib, endigi asosiy vazifa astronavtlarni eson-omon Yerga qaytarish va bu qayta-qayta takrorlanishiga erishish ekanini ta’kidladi.

Kompaniya ikki-to‘rt yil ichida Oyga parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. «O‘ylashimcha, bu tamaddunimizning Marsga tomon ilk qadami bo‘ladi», — dedi Mask.

Eslatib o‘tamiz, 30-may kuni (Toshkent vaqti bilan 31-may soat 00:22da «Crew Dragon» kemasi muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring