Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Botinka «nishoniga» aylangan rahbarlar

Botinka «nishoniga» aylangan rahbarlar

Foto: «Podrobnosti.ua»

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In deputatlar oldida nutq so‘zlagandan so‘ng parlament binosidan chiqib kelayotganda bir odam unga qarata botinkasini otdi, deya xabar berdi «Ryonxap» agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea taxminan 16:30 (12:30 t.v.) da Mun Chje In parlament binosidan chiqib kelayotganda sodir bo‘ldi. Chon familiyali odam botinkasini yechib, prezidentga qarab otgan, lekin tegmagan, shundan so‘ng uni politsiya hibsga olgan.

«Men prezident Mun Chje Inga botinkamni otdim. U ham nafrat va isnodni his qilishini xohlayman», — dedi u.

Prezidentga nisbatan salbiy munosabat sabablari aytilmagan.

Turli siyosatchilarga oyoq kiyim uloqtirish o‘z fikrini ifodalashning o‘ziga xos usuliga aylanganiga ancha bo‘lgan. 2008-yil dekabrda Bog‘dodda iroqlik jurnalist Muntazir az-Zaydi AQSh prezidenti Jorj Bushga botinkasini otgan. Faqat bu «jasorat»i uchun 3 yilga qamalgandi.

Keyinchalik Sudan sobiq prezidenti Umar al-Bashir, Xitoy sobiq bosh vaziri Ven Szyabao, Turkiya sobiq bosh vaziri Toyyib Erdo‘g‘on va xalqaro valyuta fondi sobiq rahbari Dominik Stross-Kann poyabzal «nishoni»ga aylanishgan. Mahmud Ahmadinajod ham Eron prezidenti bo‘lgan paytlarda bir necha marta shunday hujumga duchor bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring