Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-York gubernatori shilqimlikda ayblanmoqda: 11 ayolning qo‘rquvi

Nyu-York gubernatori shilqimlikda ayblanmoqda: 11 ayolning qo‘rquvi

Foto: «Imprintent.org»

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomoning yordamchisi unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun shikoyat qildi. Ayol avval ham uni axloqsizlikda ayblagandi, deb yozadi New York Post nashri.

Qayd etilishicha, gap Kuomoning yordamchisi haqida ketyapti. Ayol avval ham uni Olbani shahridagi (Nyu-York shtati poytaxti) dang‘illama hovlisida shilqimlik qilgani uchun ayblagandi. Ismi oshkor qilinmagan ayol Nyu-York Bosh prokurori Letitsiya Jeyms hisobotida «ijrochi yordamchi» sifatida qayd etilgan. U o‘z arizasini payshanba kuni tushdan keyin topshirgan, deya ma’lum qildi Olbani okrugi sherifi Kreyg Eppl.

Epplning so‘zlariga ko‘ra, agar ayolning so‘zlari o‘z tasdig‘ini topsa, Kuomo hibsga olinishi ta’kidlanmoqda.

Nyu-York shtati prokurori Letitsiya Jeyms tergov xulosalariga tayanib ma’lum qilishicha, Kuomo avval ham bir necha marta ayollarga shilqimlik qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, gubernator 11 nafar ayolning xohishiga qarshi borgan. Xodimlar shilqimlik haqida xabar berishdan qo‘rqishgan, deydi prokuror. Kuomo bu ayblovlarni rad etgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden, Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi va Nyu-York senatorlari Kirsten Jillibrand va Chak Shumer Kuomoni iste’foga chaqirdi. Kuomoning o‘zi ayollarga shilqimlik qilganlik ayblovlarini rad etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring