OAV: Putin Zelenskiyga ajabtovur taklif bilan chiqdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga Moskvada uchrashishni taklif etgan. Bu haqda AFP xabar berdi.
Muzokaralarga yaqin manbaning aytishicha, Vladimir Putin Zelenskiyni Donald Tramp bilan telefon muloqoti chog‘ida uchrashish uchun Moskvaga taklif etgan.
Ukraina tomoni hozircha bu ma’lumotni izohlamadi.
Davlat kotibi Marko Rubioga ko‘ra, Putin Zelenskiy bilan uchrashuvga qarshi emas. Biroq, Kreml muzokaralarda Moskva va Kiyev vakillari darajasini oshirish g‘oyasi muhokama qilinganini aytmoqda, Rossiya prezidentining Ukraina bilan uchrashishga tayyorligini na inkor etyapti, na tasdiqlayapti.
Ehtimoliy uchrashuv joylari sifatida Rim, Jeneva kabi variantlar ko‘rib chiqilmoqda. Hatto Shveysariya Putin Jenevaga kelsa hibsga olinmasligi haqida bayonot berdi. Shveysariya Xalqaro jinoiy sud yuridiksiyasida hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter