Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odamzod yana bir qonxo‘r qotildan qutuldi

Odamzod yana bir qonxo‘r qotildan qutuldi

Foto: «Zlodei-i-maniaki.ru»

Fransiyada oxirgi o‘n yilliklarning eng qonxo‘r qotillaridan biri olamdan o‘tdi. Mishel Furnirening o‘limi haqida BFMTV telekanali xabar berdi.

«Ardennalik manyak» laqabi bilan tanilgan Furnire 2008-yil may oyida rafiqasi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U 1987-2003-yillar davomida Fransiya va Belgiyada kamida yetti qizning qotilligida aybdor deb topilgan.

Telekanalning ma’lum qilishicha, jinoyatchi o‘zi bilan ko‘plab sirlarni olib ketdi — endi politsiya 2003-yilda uyidan chiqib, qaytib kelmagan 9 yoshli qizchaning qoldiqlarini topishga urinmoqda. Furnire bu qotilligi haqida bir yilcha oldin aytib bergandi. Jinoyatchining sog‘lig‘i murdani qidirishga imkon bermadi.

Qotilning puxta rejasi bo‘lgan — u rafiqasi bilan birga qizlardan yo‘l ko‘rsatishlarini so‘rashgan va ularni mashinaga taklif etishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring