Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Panama terma jamoasi futbolchisi ko‘chada otib ketildi

Panama terma jamoasi futbolchisi ko‘chada otib ketildi

Futbol bo‘yicha Panama milliy terma jamoasining 26 yoshli himoyachisi Jilberto Ernandes Panamaning Kolon shahrida noma’lum jinoyatchilar uyushtirgan otishmada halok bo‘ldi.

Bu ma’lumotni Panamaning «Independiyente» futbol klubi matbuot xizmati tarqatdi. Fojiali voqea 3 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Ikki qurolli jinoyatchi ogohlantirmasdan bir guruh odamlarga qarata o‘t ochgan, ular orasida Panama terma jamoasi futbolchisi Gilberto Ernandes ham bor edi.

Otishma natijasida 26 yoshli sportchi olgan og‘ir jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Yana yetti kishi jarohatlangan. Tergov davomida politsiya jinoyatchilar otishma joyiga taksida yetib kelganini aniqladi. Taksi haydovchisi va gumonlanuvchilardan biri qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring