Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polsha prezidentligi uchun saylovda konservator g‘alaba qozondi — matbuot

Polsha prezidentligi uchun saylovda konservator g‘alaba qozondi — matbuot

Karol Navrotskiy.

Foto: Ukraїnska pravda

Polsha prezidentligi uchun kecha, 1-iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovning ikkinchi turida konservator va yevroskeptik Karol Navrotskiy g‘alaba qozondi. Bu haqda dastlabki ma’lumotlarga asoslanib mamlakat matbuoti yozmoqda.

Xususan, Davlat saylov komissiyasining 2-iyun ertalab soat beshdagi ma’lumotiga asoslanib Gazeta Wyborcza va TVN24 telekanali xabar berishicha, ovozlarning 50,89 foizini Navrotskiy qo‘lga kiritgan, hukmron koalitsiya va liberallardan nomzod Rafal Tshaskovskiy to‘plagan ovozlar — 49,11 foiz.

Rafal Tshaskovskiy.
Foto: Euro Topics

Navrotskiyning g‘alabasi sababli Polshaning Yevropa Ittifoqi va Ukraina bilan munosabatlari zaiflashishi, shuningdek, konservator-prezident va liberal hukumat o‘rtasida ichki siyosiy inqiroz yuz berishi mumkin.

Navrotskiy Ukrainaning NATOga qabul qilinishiga hamda qo‘shni mamlakatni Yevropa Ittifoqiga shoshilinch a’zo qilish harakatlariga qarshi bo‘lib kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring