Polshada qahraton 54 kishining umriga zomin bo‘ldi
Polshada qish boshlanganidan beri sovuq oqibatida vafot etganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar va ma’muriyat vaziri o‘rinbosari Veslav Shepanskiy jurnalistlarga ma’lum qildi.
«Qattiq sovuq avj olyapti. Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 54 kishi qahraton oqibatida vafot etgan, shuningdek, 36 kishi qattiq sovuq qotishdan jabrlangan», — dedi Shepanskiy.
Ko‘pincha qarovsiz va tashlandiq uylarda yashovchi insonlar sovuq qurboniga aylanmoqda.
Polshada anomal sovuq hukmronlik qilmoqda, ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan tun mamlakatda qish boshidan beri eng sovug‘i bo‘ldi. Suvalkida (Polsha shimoli-sharqi) harorat -29 darajagacha tushib ketgan, kuchli shamol va namlik tufayli sovuq -36...-38 daraja kabi sezilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter