Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin harbiy xizmatdan qochganlar mulkini musodara qilish haqidagi qonunni imzoladi

Putin harbiy xizmatdan qochganlar mulkini musodara qilish haqidagi qonunni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «harbiy feyk», davlat faoliyatiga qarshi chaqirish va boshqa bir necha jinoyatlar uchun shaxslarning mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Bu jinoyatlar Jinoyat kodeksida «davlat xavfsizligiga qarshi qaratilgan faoliyat» deb tasniflangan.

O‘zgartirishlar rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun o‘tgach kuchga kiradi. Davlat Dumasida uchinchi va oxirgi o‘qishda qonunni 377 deputat qo‘llab-quvvatladi, hech kim «qarshi» ovoz bermadi.

Qonunda pul, qimmatbaho buyumlar va boshqa mol-mulkni musodara qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar ro‘yxati keskin kengaytirilgan.

Endilikda jinoyat sodir etish natijasida olingan pullar, qimmatbaho buyumlar va boshqa mol-mulkni, jumladan, «harbiy feyk» va «davlatga qarshi» faoliyatga chaqiruvlar uchun musodara qilish mumkin bo‘ladi.

«Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan» faoliyat uchun jinoyat sodir etish uchun foydalanilgan yoki mo‘ljallangan pul va boshqa mol-mulk musodara qilinadi.

Jinoyat kodeksida ana shunday harakatlar, xususan, qo‘poruvchilik, kontrabanda, davlat sirlarini oshkor qilish, nomaqbul tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pora olish va berish, buyruqqa rioya qilmaslik, harbiy xizmatdan qochish – jami 30 ga yaqin jinoyat turlari qamrab olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring