Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin JARga boradi

Putin JARga boradi

Foto: «Gazeta.ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Janubiy Afrika Respublikasida tashkil etiladigan BRIKSning o‘ninchi sammitida qatnashadi, deya xabar beradi «Gazeta.ru».

«Shu yil 26-27-iyul kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin JARda o‘tkaziladigan BRIKSning o‘ninchi sammitida ishtirok etadi. Yubiley sammiti ishchi yig‘ilishida Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika respublikalari rahbarlari BRIKS doirasidagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik va uning istiqbollarini ko‘rib chiqishadi», – deyiladi xabarda.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy muhim masalalar kun tartibidan o‘rin oladi.

Avvalroq Rossiya savdo-sanoat palatasi raisi Sergey Katirin BRIKS ishchi kengashi transport sohasida infratuizlmani amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi va sug‘urta masalalarini muhokama qiladi, deya xabar bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring