Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonliklar mamlakatning asosiy muammosini oshkor etishdi

Qirg‘izistonliklar mamlakatning asosiy muammosini oshkor etishdi

Foto:«Rambler»

Ko‘pchilik qirg‘izistonliklar mamlakatning bosh muammosi sifatida korrupsiyani ko‘rishadi. Buni 2018 yil oxirida Xalqaro respublika instituti buyurtmasi bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ko‘rsatib turibdi, deb yozadi «24.kg».

81 foiz qatnashchilar Qirg‘izistonning asosiy muammosi korrupsiya deya e’tirof etishgan. Faqat bir foiz qatnashchi korrupsiyani muammo sifatida ko‘rmaydi.

«Hukumat korrupsiya bilan yetarlicha kurashyaptimi?» degan savolga 66 foiz ishtirokchi salbiy javob berishgan.

Mamlakat rahbari Sooronbay Jeenbekov 2018-yil boshida mazkur muammoga nisbatan umumiy kurash e’lon qilgan bo‘lsa ham, 41 foiz respondent korrupsiya avvalgi darajada qolgan deya qayd etgan.

So‘rovnomalarda 18 yoshdan oshgan 1500 nafar fuqaro ishtirok etdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring