Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonga -10 darajagacha bo‘lgan sovuq qaytmoqda

Qozog‘istonga -10 darajagacha bo‘lgan sovuq qaytmoqda

Qozog‘iston bo‘ylab beqaror ob-havo kuzatiladi. «Qazgidromet» RFB sinoptiklari 30 martdan 1 aprelgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi.

Tarqatilgan xabarda ta’kidlanishicha, markazi Yekaterinburg ustida joylashgan keng qamrovli siklon va u bilan bog‘liq atmosferaning frontal qismlari Qozog‘istonning deyarli butun hududiga ta’sir qilishda davom etmoqda.

«30 mart kuni Oqmola, Pavlodar va Qarag‘anda viloyatlarida, 31 mart kuni Sharqiy Qozog‘iston viloyatida kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda», deyiladi «Qazgidromet» xabarida.

Respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati kechasi -3-10 darajagacha pasayib, kunduzi +5+13 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Avvalroq dam olish kunlari O‘zbekiston hududida ham harorat kechalari 0 darajagacha tushishi prognoz qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring