Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qurolsiz qolgan Mikeladze qo‘llari bilan bo‘rini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Qurolsiz qolgan Mikeladze qo‘llari bilan bo‘rini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Foto: «Google.com»

Gruziyalik 25 yoshli Tariyel Mikeladze qo‘llari bilan quturgan bo‘rini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bo‘ri unga kutilmaganda hujum qilgan va qurolsiz qolgan Tariyel uni qo‘llari bilan bo‘g‘ib olgan.

Yirtqich hayvon Mikeladzedan qutulishga urinib, uning qo‘li va yuzini tilib tashlagan. Garchi bir litr atrofida qon yo‘qotganiga qaramay Tariyel bo‘rini qo‘lidan chiqarib yubormadi.

Bo‘ri bunga qadar bir erkak va uch ayolga hujum qilgan. Ularning barchasi tirik, birining qulog‘i tishlab olingan. Ayni vaqtda bo‘ridan jabr ko‘rganlar kasalxonada, ularga nisbatan quturish kasaliga qarshi choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring