Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik generallar raketa hujumida yaralandi — Ukraina razvedkasi

Rossiyalik generallar raketa hujumida yaralandi — Ukraina razvedkasi

Ukraina razvedkasi Rossiya Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga uyushtirilgan hujumda kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lganini da’vo qilmoqda. Yaradorlar orasida rossiyalik generallar ham bor.

22 sentyabr kuni Sevastopoldagi Rossiya Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga raketa hujumi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 16 kishi yaralandi, dedi Ukraina razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov.

«Yaradorlar orasida guruh qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Romanchukning ahvoli juda og‘ir. Bosh shtab boshlig‘i, general-leytenant Oleg Sekov hushsiz holda», — dedi Budanov.

Uning ta’kidlashicha, taqdim etilgan ma’lumotlarga Qora dengiz floti shtab-kvartirasida ishlamagan yarador harbiy xizmatchilar kiritilmagan. «Bular navbatchilikda, xavfsizlikda va hokazo bo‘lgan harbiy xizmatchilar – ular men sizga aytgan ro‘yxatga kiritilmagan», dedi Budanov.

Shu bilan birga, Budanov Rossiya Federatsiyasi Qora dengiz floti qo‘mondoni admiral Viktor Sokolovning o‘limi ehtimoli haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Razvedka uning qanday holatda ekanligini bilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 22 sentyabr kuni tushdan keyin Rossiya Qora dengiz floti shtab-kvartirasiga raketa zarbasi berildi, shundan so‘ng binoda katta yong‘in sodirdi. Guvohlarning videolariga qaraganda, shtab-kvartiraga kamida ikkita raketa kelib tushgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi yo‘qotishlar haqida aniq ma’lumot bermadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring