Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator: «Shahzodaning qo‘li qon, bunga shubha yo‘q!»

Senator: «Shahzodaning qo‘li qon, bunga shubha yo‘q!»

Foto: «CNN»

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limi, unga valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning aloqadorligi xususida xalqaro doirada aytilayotgan gap-so‘zlar tinmayapti. Amerikalik senator Robert Korker MRB rahbari Jina Xaspel bilan bo‘lib o‘tgan yopiq majlisdan so‘ng shahzodani ochiqdan-ochiq ayblab bayonot berdi: «Muhammad bin Salmon jurnalist o‘limiga aloqador emas, deyish uchun kishi so‘qir yoki ahmoq bo‘lishi kerak». Bu haqda «SNN» kanali xabar bermoqda.

Yana bir senator Lindsi Greham hamkasbini qo‘llab-quvvatlar ekan, shahzodaga qarshi sanksiya qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblab, bu haqda hatto qonun loyihasi tayyorlanayotganini ta’kidladi.

Jamol Qoshiqchi saudiyalik jurnalist bo‘lib, hukmron podshohlik oilasi, ularning davlatni boshqaruvi tizimi haqida tanqidiy maqolalari bilan tilga tushgan edi. Shu yilning oktyabr oyi boshida Saudiya Arabistonining Turkiyadagi konsullik binosida jurnalistning joniga qasd qilingani tasdiqlangan. Jinoyat tashkilotchilari haqida gap ketganda asosiy gumon valiahd shahzodaga qaratilmoqda. Va bu gumonlarda mantiq va haqiqat uchqunlari yo‘q emasligi aytiladi. Shu paytgacha qotillik ijrochisi sifatida bir necha shaxslar qo‘lga oligan bo‘lsa-da, jurnalistning jasadi topilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring