Serbiyada majburiy harbiy xizmat qayta tiklanadi
2027-yilning mart oyidan Serbiyada majburiy harbiy xizmat qayta tiklanadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandar Vuchich Belgrad yaqinidagi Bataynitsa aerodromida bo‘lib o‘tgan qurol-yarog‘ va harbiy texnika namoyishida bayonot berdi.
Xizmat muddati 75 kunni tashkil etadi va u 30 yoshdan kichik bo‘lgan erkaklar uchun majburiydir.
Vuchich bungacha «qog‘ozbozlik jarayonlarini yakunlash» zarurligini ta’kidladi: majburiy chaqiruvni qaytarish uchun mamlakat parlamenti tegishli qonunni qabul qilishi shart.
Serbiya armiyasi 2011-yil 1-yanvardan boshlab professional asosga o‘tgan edi, o‘shanda parlamentning chaqiruvni to‘xtatib turish haqidagi qarori kuchga kirgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter