Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahzoda Garri Afg‘onistondagi harbiy qotilliklarini tan oldi

Shahzoda Garri Afg‘onistondagi harbiy qotilliklarini tan oldi

Susseks gersogi shahzoda Garri Afg‘onistonda xizmat qilayotgan vaqtida 25 kishini o‘ldirganini tan oldi. Bu haqda Sky News telekanali xabar bermoqda.

«Men har doim qancha jangchini o‘ldirganimni ayta olaman  Demak, mening raqamim 25. Bu meni mamnuniyat bilan to‘ldirmadi, lekin men uyatni his qilmadim», – deydi shahzoda.

Avvalroq, shahzoda Garri harbiy xizmati unga qanday ta’sir qilgani haqida gapirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya armiyasidagi 10 yil unga qirollik oilasining hech bir a’zosida bo‘lmagan tajriba berdi.

Ma’lumot uchun, shahzoda Garri 2005-yildan 2015-yilgacha armiyada xizmat qilgan va mayor unvoni bilan nafaqaga chiqqan. 2008 va 2012 yillarda Afg‘onistondagi janglarda qatnashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring