Tojikiston chegarasida bir oyda beshinchi otishma — Afg‘oniston rasmiylari izoh berdi
Bir oyda chegarada qayd etilgan beshinchi otishma fonida Afg‘oniston rasmiylari bunday holatlarning oldini olishga harakat qilayotgani, shu bilan birga Tojikiston bilan chegara uzunligini ta’kidladi.
Afg‘oniston tomoni mahalliy kontrabandachilarning qo‘shni Tojikiston hududiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston Afg‘oniston rasmiysi Zabiulla Mujohidning TOLO Newsga bergan izohiga tayanib xabar berdi.
"Afg‘oniston chegara masalalarini hal qilish va kontrabandaning oldini olish uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda. Yillar davomida ushbu chegara kontrabandachilar tomonidan turli yo‘llar bilan ishlatilgan. Bizning kuchlarimiz mavjud muammolardan xabardor bo‘lsa-da, chegara zonasi juda keng va ba’zida kontrabandachilar bundan foydalanadi", - dedi rasmiy.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, ikki tomon chegara kuchlari o‘rtasida muvofiqlashtirish yo‘lga qo‘yilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter