Tramp Putin-Zelenskiy uchrashuvida qatnashishni istamayapti. Nega?

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning ehtimoliy uchrashuvida qatnashmaslikni ma’qul ko‘rishini aytdi.
Biroq AQSh rahbari hali yakuniy qaror qabul qilgani yo‘q.
“Putin va Zelenskiy birgalikda ishlay oladimi yoki yo‘qligini ko‘ramiz”, dedi u Oq uy tarixi muzeyiga tashrifi chog‘ida (CNBC telekanalining Youtube kanalida efirga uzatilgan).
"Men u yerda bo‘lishim kerakligini o‘ylab ko‘ramiz", dedi AQSh rahbari. Janob Trampning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukraina prezidentlari “aniq sabablarga ko‘ra unchalik yaxshi til topishmaydi”.
Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vladimir Putin Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini, ammo hozircha bunday rejalar yo‘qligini aytdi. TIV rahbari bu uchrashuv muzokaralar kun tartibi tayyor bo‘lgach bo‘lib o‘tishini tan oldi.
Donald Tramp esa 18-avgust kuni Vashingtonda Ukraina prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan muzokaradan so‘ng Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter