Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Kim Chen In nimalarni kelishib olishdi?

Tramp va Kim Chen In nimalarni kelishib olishdi?

Foto:«ABC»

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘rtasida Singapurda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qanday hujjatlar imzolangani aniq bo‘ldi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Ikkala rahbar uchrashuv davomida 4 mavzuda bir xil fikrga borgani aniqlandi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirishga qaratildi.

Ikkala davlat rahbarlarining anglashuv memorandumi:

1. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Shimoliy Koreya xalqlarining uzoq muddatli tinchlik va farovonligi uchun AQSh–Shimoliy Koreya munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish.
 

2. Koreya yarimorolida uzoq muddatli va barqarar tinchlik rejimi uchun AQSh va Shimoliy Koreya kuchlarini birlashtirish.

3. 2018-yil 27-apreldagi Pxanmunjon bitimiga mos ravishda Shimoliy Koreya Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirishda davom etishi.

4. Shaxsi aniqlangan fuqarolarni o‘z mamlakatlariga qaytarib berish hamda POW/MIA (urush mahkumlari va bedarak ketganlar) bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring