Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Time»: Tramp va Kim Chen In Nobel tinchlik mukofotiga da’vogar

«Time»: Tramp va Kim Chen In Nobel tinchlik mukofotiga da’vogar

Foto: «RT»

«Time» jurnali bu yil Nobel tinchlik mukofotini olishga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi. Nashr AQSh prezidenti Donald Tramp, KXDR yetakchisi Kim Chen In hamda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Kim Chen In hamda Mun Chje In Koreya yarimorolini atomdan xoli zonaga aylantirish bo‘yicha harakatlari uchun Nobel tinchlik mukofotini olishlari mumkin. AQSh prezidenti esa 2018-yil 12-iyulida Singapurda tarixda birinchi marotaba tashkil etilgan AQSh va KXDR oliy darajadagi uchrashuv tashabbuskori sifatida shu mukofotga loyiq deb topilishi mumkin.

Britaniyaning «Ladbrokes» bukmekerlik idorasi Trampning g‘alaba qozonish ehtimolini 5 dan 2 nisbatda baholadi. U mukofotni yakka o‘zi yoki ikkala Koreya rahbarlari bilan birga qo‘lga kiritishi ham mumkin.

Da’vogarlar orasida Kataloniya hududiy hukumati sobiq rahbari Karles Puchdemon (imkoniyati: 12 dan 1), Rim papasi Fransisk (imkoniyati: 16 dan 1), shuningdek, BMT Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Amerika fuqarolik erkinliklarini himoya qilish ittifoqi (ACLU) kabi tashkilotlar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Nobel tinchlik mukofoti g‘olibi nomi bugun, 5-oktyabr kuni e’lon qilinadi, taqdirlash marosimi esa Osloda 10-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring