Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina qarshi hujumi nega sekin kechmoqda? Sabablar aytildi

Ukraina qarshi hujumi nega sekin kechmoqda? Sabablar aytildi

Ukraina qarshi hujumining muvaffaqiyatiga G‘arb harbiy texnikasining Kiyevga sekin yetkazib berilishi to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak ma’lum qilgan.

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni G‘arb hamkorlari bilan kelishish uchun sarflagan vaqtda Rossiya o‘z pozitsiyasini mustahkamlagan.

Podolyakning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlari turli yo‘nalishlarda hujum amaliyotlarini davom ettirmoqda, biroq u «kutmaslik va popkorn g‘amlamaslikka» chaqirdi.

Xuddi shunday fikrni Tashqi ishlar vazirligi rahbari Dmitriy Kuleba ham bildirgan.

U artilleriyani o‘q-dorilar bilan ta’minlashni «eng katta muammo» deya deb atagan. Vazirning fikricha, qarshi hujumning ikkinchi muhim muammosi - bu Rossiyaning havoda ustunligidir.

Avvalroq Podolyak «urushni tugatishning yagona sharti»ni ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring