Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokor smartfon yonida uxlashning zarari haqida gapirdi

Shifokor smartfon yonida uxlashning zarari haqida gapirdi

Foto: Iordache Magdalena/imago-images.de/Global Look Press

Rossiyalik shifokor-somnolog Maksim Novikovning so‘zlariga ko‘ra, uxlashdan bir-ikki soat oldin organizmni tayyorlash va asab tizimini qo‘zg‘atmaslik kerak. Uning aytishicha, bu paytda gadjetlardan foydalanish va elektron pochtani tekshirish shart emas.

«Yangiliklarni va har qanday stressli vaziyatlarni tomosha qilishni keyingi kunga qoldirgan ma’qul. Gadjetlarni yonda olib yotmaslik kerak. Barcha begona narsalar — televizorni tomosha qilish, hatto, ko‘rish uchun o‘qish ham yotoqdan tashqarida bo‘lishi kerak. To‘shakdan faqat uxlash uchun foydalanish kerak», — deya ta’kidladi Novikov.

Hatto, kechasi uyg‘onganda ham, ertalabgacha qancha vaqt qolganini tekshirish uchun telefonni qo‘lga olmaslik yoki soatga qaramaslik kerak, deb hisoblaydi shifokor. Bu ham asab tizimini qo‘zg‘atadi, ekrandagi yorqin nur esa melatoninni yo‘q qiladi.

Shifokor, shuningdek, uyqu fazalarini aniqlaydigan aqlli gadjetlardan voz kechishni maslahat berdi. Ularning ishonchliligi hali isbotlanmagan, ammo amalda «qurilmalar haqiqiy rasm bilan mos kelmaydigan qarama-qarshi natijalarni namoyish etadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring