Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda «energetika inqilobi»: so‘nggi to‘rt yillik ko‘rsatkichilar AQShning jami quvvatlaridan yuqori

Xitoyda «energetika inqilobi»: so‘nggi to‘rt yillik ko‘rsatkichilar AQShning jami quvvatlaridan yuqori

Foto: Financial Times

Xitoy energetika sohasida so‘nggi to‘rt yil ichida misli ko‘rilmagan o‘sishni namoyish etdi, deb xabar berdi Bloomberg. Mamlakatning ushbu davrdagi ko‘rsatkichlari AQShning butun energiya tizimi quvvatidan oshib ketdi.

Chin yurti kelajak sanoatining strategik tarmoqlarida yetakchilikni qo‘lga kiritish uchun energiya sarfi yuqori korxonalarni ta’minlashga qaratilgan jadal qurilish ishlarini olib boryapti. Milliy energetika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida XXR barcha texnologiyalar bo‘yicha jami 543 gigavatt yangi quvvatlarni ishga tushirgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yil oxiridagi Hindistonning barcha elektr stansiyalari umumiy quvvatidan 12 foizga ko‘proqdir.

E’tiborli jihati, 2021-yil oxiridan beri Xitoy tomonidan qo‘shilgan yangi energetika quvvatlari hajmi AQSh energiya tizimining jami imkoniyatlaridan yuqoridir.

Si Szinpin boshchiligidagi Xitoyning asosiy maqsadi — barqaror va mo‘l-ko‘l energiya ta’minoti orqali yoqilg‘i importiga qaramlikni kamaytirishdir. Bunday strategik zaxira sun’iy intellekt, robototexnika va ilg‘or materiallar ishlab chiqarish kabi energiya talab qiladigan sohalarga katta raqobatdosh ustunlik beradi.

Ayni paytda Qo‘shma Shtatlarda arzon elektr energiyasi yetishmovchiligi sababli ushbu innovatsion sohalar rivojlanishi cheklanib qolishi mumkinligi borasida xavotirlar kuchaymoqda.

Avvalroq Xitoyda ortiqcha energiyani saqlash uchun siqilgan havodan foydalanuvchi qurilma ishga tushgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring