Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda yana bir kasallik avj olmoqda

Xitoyda yana bir kasallik avj olmoqda

Foto: «RIA Novosti»

Gonkong Sog‘liqni saqlash departamenti: Xitoyda H5N6 parranda grippidan bir kishi vafot etdi.

Xitoy janubi-g‘arbida uch kishi H5N6 parranda grippi virusini yuqtirib oldi, ulardan biri vafot etgan, deya xabar berilgan Gonkong Sog‘liqni saqlash departamenti saytida.

Sichuan viloyatining Syuanxan shahrida o‘lim bilan yakunlangan holat aniqlandi, parrandalar bilan aloqada bo‘lgan 51 yoshli bemor olamdan o‘tgan. U alomatlarni 25-iyunda payqagan, 3-iyulda bemor shifoxonaga yotqizilgan. Ertasi kuni u vafot etdi.

Ikkinchi holat Sichuan viloyati Katszyan shahrida yashovchi 57 yoshli erkak bo‘lib, virus parrandadan yuqqan. Shikoyatlar 22-iyunda paydo bo‘lgan, 5-iyul kuni erkak shifoxonaga olib borilgan. Hozir uning ahvoli og‘ir.

Uchinchi holat Chunsinda qayd etildi, 66 yoshli xitoylik ham uy parrandalari bilan aloqada bo‘lgan. Alomatlar 23-iyun kuni kuzatilgan, u 4-iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan, hozir bemorning ahvoli nihoyatda og‘ir.

Iyul oyi o‘rtalarida Xitoy ommaviy axborot vositalari Sichuan shahrida odam H5N6 parranda grippini yuqtirganligi haqida xabar berishdi. Voqea joyiga yetib borgan viloyat kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika qilish markazi ekspertlari virus odamlarga parrandadan yuqqanligini aniqlashdi; H5N6ning odamdan odamga yuqishi haqida xabar berilmagan. Keng miqyosda tarqalish xavfi esa juda past.

JSST H5N6 parranda grippi shtammini yuqori patogen deb tasniflaydi. Odamlarda zoonoz grippining bu kabi virusli infeksiyalari isitma, yo‘tal va balg‘am ajralishi bilan yuqori nafas yo‘llarining yengil infeksiyasi sifatida kechishi mumkin. Bunda kasallikning kechishi yomonlashishi mumkin, og‘ir pnevmoniya, sepsis va septik shok, o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromi va hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring