Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi Zelandiyadagi terrorchi masjiddagi xunrezlikdan oldin hukumatga xat yozgan

Yangi Zelandiyadagi terrorchi masjiddagi xunrezlikdan oldin hukumatga xat yozgan

Foto:«Radio NZ»

Yangi Zelandiyadagi masjidda musulmonlarga o‘qotar qurol bilan hujum qilgan terrorchi avval mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern kanselyariyasiga internet orqali xat yozgan. Xat hujum boshlanishidan bir necha daqiqa oldin jo‘natilgan.

Bosh vazirning aytishicha, hujum boshlanishidan 9 daqiqa oldin u va yana 29 mutasaddining manziliga «manifest» kelgan. Oradan 2 daqiqa o‘tib barcha xavfsizlik organlari bu haqda ogohlantirilgan. Ammo xatda hujum tafsilotlari haqida hech qanday aniqlik bo‘lmagan.

«Agar xatda ilg‘ab olish mumkin bo‘lgan kichik jihat bo‘lganda ham, biz darhol tadbir ko‘rgan bo‘lardik», — deydi Ardern.

Eslatib o‘tamiz, 15 mart, juma kuni bir guruh terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita – «al-Nur» va «Linvud» masjidlariga juma namozidan so‘ng bostirib kirib, namozxonlarni o‘qqa tuta boshlagan. Natijada 50 nafar musulmon vafot etgan bo‘lsa, 49 nafari yaralangan.

Politsiya tomonidan terrorda ayblanib, 4 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida «manifest»ni e’lon qilib, xunrezlikni internet orqali uzatib borgan avstraliyalik Brenton Tarrant ham bor. Yangi Zelandiya bosh vazirining ma’lum qilishicha, Tarrant Yangi Zelandiya qonunlari bo‘yicha sud qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring