Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy uch mamlakatda Putin bilan uchrashishni istamaydi

Zelenskiy uch mamlakatda Putin bilan uchrashishni istamaydi

Foto: Novini.LIVE

Dunyoning istalgan mamlakati Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin o‘rtasidagi muzokaralar maydoniga aylanishi mumkin. Biroq, Ukraina ko‘nmaydigan uchta istisno bor. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Novini.LIVE jurnalistiga bergan maxsus intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, har qanday sharoitda Rossiya, Belarus va Vengriyada bunday uchrashuv o‘tkazilmaydi. Ukraina uchun bu mutlaqo salbiy tusga ega va Ukrainaga mutlaqo kerak emas.

«Umuman olganda, eng muhimi uchrashuv joyi emas. O‘ylashimcha, har qanday davlat bunday sammitni o‘tkazishga qarshi bo‘lmaydi. Muzokaralar uch tomonlama yoki ikki tomonlamaligi qat’iy talab emas. Albatta, Moskva, Minsk va Budapeshtning bema’ni takliflarini hisobga olmaganda», dedi Podolyak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring