Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy urush yaqin oylarda tugashi mumkinligini aytdi

Zelenskiy urush yaqin oylarda tugashi mumkinligini aytdi

Bloomberg agentligining xabar berishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi urush bir necha oy ichida tugashi mumkinligini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya, AQSh va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi oldingi uch tomonlama muzokaralar konstruktiv bo‘lgan. 

«Zelenskiy muzokaralar konstruktiv davom etsa, mojaro bir necha oy ichida tugashi mumkinligini qo‘shimcha qildi», deb yozadi nashr. 

Ukraina rahbari shuningdek, yangi muzokaralar bosqichini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiyalar 17 yoki 18-fevral kunlari Qo‘shma Shtatlarda uchrashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga roppa-rosa to‘rt yil to‘ladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring