Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Men buni birinchi marta eshityapman…»  – Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarni rad etdi

«Men buni birinchi marta eshityapman…»  – Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarni rad etdi

Prezident Vladimir Zelenskiy 24-fevralni prezidentlik saylovlari va mamlakat hududiy yaxlitligi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarni «birinchi marta eshitayotganini» aytdi.

U bu haqda 11-fevral kuni «Suspilne» nashri muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

«24 fevralda e’lon qilish niyatiga kelsak, men buni birinchi marta eshityapman. Birinchi marta, ehtimol, Financial Times gazetasidan eshitdim. Endi esa buni sizdan ikkinchi marta eshityapman.

Men saylovlar haqida ko‘p marta aytganman, biz saylovlarga barcha tegishli xavfsizlik kafolatlari mavjud bo‘lganda kelamiz», – dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovlar mavzusi «qandaydir» xalqaro hamkorlar tomonidan ko‘tarib kelinyapti, ammo Ukraina tomoni bu masalani hech qachon ko‘tarmagan. Shu bilan birga, prezident Ukraina saylovlarni o‘tkazishga tayyorligini, ammo asosiy masala xavfsizlik holati bo‘lib qolishini ta’kidladi.

«Bu juda oddiy: otishma to‘xtatilsin — saylovlar o‘tkaziladi. Bizning delegatsiya mening pozitsiyamni biladi, u aniq va ravshan. Ular buni yetkazishgan. Amerika hamkorlari taklif etadigan har qanday grafik bilan ishlashga tayyormiz. Ammo agar referendum masalasi ko‘tarilayotgan bo‘lsa, men avval ham aytganman — buning uchun otishmani to‘xtatish bo‘yicha aniq tushuncha bo‘lishi kerak. Chunki referendum ham tuzilishi jihatidan saylov kabi jarayondir», — dedi u.

Shuningdek, Zelenskiy Vashington Kiyevga xavfsizlik kafolatlaridan voz kechish bilan tahdid qilayotgani haqidagi gap-so‘zlarni ham rad etdi. Uning aytishicha, AQSh xavfsizlik kafolatlarini saylov masalasi bilan bog‘lamagan.

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin Financial Times gazetasi manbalarga tayanib , Zelenskiy 24 fevral kuni prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazish rejasini e’lon qilmoqchi ekanligi haqida yozgan edi. Nashr Ukraina referendum bilan birga prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko‘rishni ham allaqachon boshlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring