Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?

Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?

Фото: «Opis.pro»

Ertaga, 12-aprel kuni O‘zbekiston blogerlari chempionatiga start beriladi. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali hamda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan hamkorlikda tashkil etilayotgan Blogerlar chempionatining mukofot jamg‘armasi bugunga kelib 60 million so‘mdan oshib ketdi.


Mavzuga doir:

Mukofot jamg‘armasi 50 million so‘mdan ziyod Blogerlar chempionatiga start berilmoqda


Mushtariylar, blogerlar va mustaqil jurnalistlardan ko‘plab savollar kelib tushmoqda: kimlar qatnashishi mumkin, qanday cheklovlar bor? Bu, albatta, chempionatga bo‘lgan katta qiziqishdan dalolatdir. Keling, Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin, shunga oydinlik kiritsak.

O‘zbekiston blogerlari chempionatining nizomiga muvofiq, chempionatda internet tarmog‘ida o‘zining sahifasi (blog, veb-sayt), «Telegram»dagi shaxsiy kanali, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari bo‘lgan, davlat (o‘zbek) tilida blog yurituvchi, respublikada yoxud ayni paytda xorijiy davlatlarda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari, shu bilan birga, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi, ammo fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qatnasha oladi.


Mavzuga doir:

Blogerlar chempionati boshlanishiga 5 kun qoldi. Mukofot jamg‘armasi 60 million so‘mdan oshdi!


Ishtirokchilar yoshi, jinsi, millati, dini, irqi, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, teng huquqqa egadir.

Shuningdek, chempionatda matn, audio, foto va video shaklidagi postlar ham qabul qilinadi. Postlar qaysi shaklda ekanidan qat’i nazar, teng qabul qilinadi va baholanadi.

Chempionatda istisno tariqasida shaxsiy blog yuritmaydiganlar ham qatnashishi mumkin. Ularning chempionatda qatnashish tartibi juda oddiy. Buning uchun ular blog.xabar.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda o‘z ijodiy ishlarini belgilangan platformaga joylashtirsalar kifoya.


Mavzuga doir:

Blogerlar chempionatining hakamlari bilan tanishing!


O‘zining shaxsiy blogi (sayti, kanali, veb-sahifasi)ga ega bo‘lmasdan, Blogerlar chempionatida ishtirok etayotgan shaxslar qolgan ishtirokchilar bilan bir xil huquqqa ega. Shuningdek, yozgan blogposti o‘zining shaxsiy sahifasida emas, balki boshqa elektron OAV yoki bloglarda chop etilgan shaxslar ham chempionatda qatnashishi mumkin (masalan, sport, axborot saytlari bloglarida va hokazo).

Shuni unutmaslik kerakki, chempionatda ishtirok etayotgan blogerlarning fikrlari shaxsiy xarakterga ega bo‘lib, uning to‘g‘riligi uchun faqat muallifning o‘zi javobgar bo‘ladi. Tashkilotchilarning fikri bloger va o‘quvchilar fikridan farq qilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring