Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula boqilgani aniqlandi

Farg‘onada ko‘p qavatli uy yerto‘lasida akula boqilgani aniqlandi

Farg‘ona shahridagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘la qismida sun’iy hovuz tashkil qilinib, unda akula boqilayotgani aniqlandi.

Farg‘ona viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan «Muruvvat» mahallasi, Farg‘ona ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda o‘tkazilgan monitoring davomida qator qoidabuzarliklar qayd etilgan.

Xususan, 78-uyning 17-xonadon mulkdori tomonidan ko‘p kvartirali uy yerto‘lasida Vazirlar Mahkamasining 648-son qarori talablariga zid ravishda katta hajmdagi sun’iy hovuz o‘rnatilib, unda akula boqilgan.

Inspeksiya mutaxassisi Murodjon Axunbayevning ma’lum qilishicha, yerto‘laning ayrim xonalari ham o‘zboshimchalik bilan to‘sib olingan. Holat yuzasidan mulkdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llangan.

Shuningdek, mulkdorga yerto‘lani 15 kun ichida bo‘shatish va asl holatiga keltirish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berilgan.

Tekshiruvda xonadonda ichimlik suvidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish holati ham aniqlangan. Bu bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 163-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy jarima rasmiylashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring